Finalda loyihalarni Kadastr agentligi tomonidan tayinlangan soha mutaxassislari baholab berishdi.
🏆Natijalar quyidagicha:
🥇1-o’rin – Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari – Paraxat Ajimuratov, Muxiddin Habibullayev, Azamat Usenov.
2-o’rin – “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar koroxnasi xodimi – Sardorbek Razzoqov.
3-o’rin – “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi xodimi – Nizomxo’ja Nozimov.
Bu o’rinlardan tashqari;
“Tanlov kashfiyoti”,
“Eng kreativ g‘oya”,
“Muammo va yechim”,
“Eng yaxshi novator”,
“Eng faol guruh” nominatsiyalari ham o’z egalarini topdi va qimmatbaho sovg’alar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.
Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 30 dan ortiq taklif va materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 8 ta loyihani maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.




