Hurmatli Jizzax viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Jizzax viloyati Forish tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30 sentabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Jizzax viloyati Forish tumani hоkimligi.
‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.




