Farg’ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining jami 44 ming 928 kv.km maydonda 1:25 000 masshtabdagi 468 ta topografik xaritalari yangilandi.
O’zbekistonning Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlarining 1 ming 279 ta (GPS, toposyo’mka, ortofotoplan yaratish ishlarida foydalaniladigan) geodezik punktlar hamda 956 ta (balandlikni aniqlashda foydalaniladigan) nivelir belgilari tekshirildi.
“Lukoil Uzbekistan Operating company” MCHJ bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatidagi “Xisor”, Buxoro viloyatidagi “Qandim” va “Dengizko’l” gaz konlarida geodinamik tadqiqotlar olib borildi va 388 ta yangi geodezik punktlar o’rnatildi.
“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ bilan hamkorlikda Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Kalmakir, Yoshlik, Saricheku, Kauldi, Sherabod va Xondiza ruda konlarida geodezik asosni yaratish maqsadida 50 ta geodezik punktlar o’rnatildi va ularning yuqori aniqlikdagi koordinatalari hamda balandliklari aniqlandi.




