Ilk bor O’zbekiston Milliy atlasi nashr etildi


2 ta jilddan iborat Atlas 416 ta xaritani o’zida jamlagan fundamental ilmiy-kartografik asar bo’lib, unda mamlakatimizning ma’muriy chegarasiga kiruvchi barcha hududlarning tabiiy-geografik o’rni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixiga oid ma’lumotlar mujassamlashgan.
Ular asarda diagrammalar, shartli belgilar, illyustrasiya, kartografik va matnli ko’rinishda tavsiflanadi. Har ikkala jilddan geografik ob’ektlar nomlari ko’rsatkichlari va terminlar lug’ati ham joy olgan.



