O‘zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.
Atlasda Respublikamizning “Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari”, “Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Aholisi”, “Ijtimoiy” va “Iqtisodiyot sohalari” hamda “Tarixi” aks ettirilgan.
Milliy atlas Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.




