PRESS-RELIZ

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining axborot texnologiyalarni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar

“Milliy geografik axborot tizimi”ni yaratish bo'yicha investitsiya loyihasi Milliy geografik axborot tizimining vazifasi: - fazoviy ma'lumotlarni ko'p sonli foydalanuvchilarga tabiiy va xo'jalik resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda samaradorlikka erishish maqsadida qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik; -iqtisodiyot va hududlarni boshqarish; -madaniy-ijtimoiy muhitni rivojlantirish uchun axboriy asos sifatida operativ taqdim etish uchun mo'ljallangan. Loyihaning umumiy qiymati 30,0 mln. AQSh dollariga teng bo'lib, bunda 15,0 mln. AQSh dollari Koreya Eksimbankining YeDSF fondi krediti mablag'lari va 15,0 mln. AQSh dollari O'zbekiston Respublikasi tomonidan kiritiladigan mablag' hisoblanadi. Hozirda loyihani amalga oshirish yuzasidan integrator kompaniyasini aniqlash bo'yicha tender savdolari yakuniga etgan va g'olib kompaniya bilan muzokaralar olib borilmoqda. Loyixani amalga oshirish muddati 2013-2017 yillarni tashkil etadi.

“Ko'chmas mulkni kadastr hisobiga olish va uni ro'yxatdan o'tkazishning keng qamrovli avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini yaratish” investitsiya loyihasi Loyihaning asosiy maqsadi: - Ko'chmas mulkni kadastr hisobiga olish va ro'yxatdan o'tkazish tizimini modernizatsiyalash; - Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ko'chmas mulk kadastr ma'lumotlar bazasini shakllantirish; - Elektron hukumat tizimi doirasida foydalanuvchilar bilan axborot almashinuvini yo'lga qo'yish. Loyihani 2017-2020 yillarda Jahon bankining 20 mln. AQSh dollari mablag'i va O'zbekiston hukumatining 5 mln. AQSh dollari mablag'lari hisobidan amalga oshirish belgilangan.