2016 yil 9 iyun kuni “YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi tomonidan matbuot anjumani o'tlazildi

2016 yil 9 iyun kuni “YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi tomonidan matbuot anjumani o'tlazildi

"YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2015 va 2016 yilning o'tgan davrida Respublikamizda yerlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, yer tuzish va yer monitoringini yuritish, tuproq unumdorligini oshirish va saqlash, sho'rlanishni kamaytirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mavjud yerlarimizdan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, hisobot davrida 21,7 ming ta yerdan foydalanuvchilar bilan joyga chiqqan holda tushuntirishlar, 39,5 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirokida 808 marta seminarlar va 343 marotaba ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilindi.