2019 YIL 16 Iyun
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Turistik xaritalari

Turistik-sxematik shahar planlari keng qamrovli o‘quvchilar uchun kartografik ma’lumotnoma hisoblanib, barcha diqqatga sazovor joylar hamda, yodgorliklar haqida turistlar va sayyohlarga ma‘lumot beradi

Toshkent – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti. U O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. Shahar planida – davlat muxofazasida bo‘lgan qadimgi yodgorliklar, ko‘psonli teatrlar, muzeylar, konsertzallari, kutubxonalar, ko‘psonli oliy o‘quv yurtlari, shaharning keng prospektlari va ko‘chalari. Toshkent metropoliteni ko‘rsatilgan.

Buxoro shahri - katta vohaning, hamda viloyatning, ma’muriy markazi hisoblangan dengiz satxidan 226 m balandlikda, Zarafshon daryosining g‘arbiy qismi va katta Qizilqum cho‘lining janubiy qismida joylashgan. Buxoro - O‘rta Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri. Shaharning bizgacha yetib kelgan obidalarining ko‘pchiligi rivojlangan va kechki o‘rta asrlar davrida bunyod etilgan. Arxeologik qazilmalar natijasi bu yerlarda “madaniy qatlamlar” - qadimiy manzilgoh qoldiqlari izlari borligidan dalolat beruvchi yirik qatlamlar borligini ko‘rsatdi. O‘rta Osiyoning ko‘p yillik tarixida suv, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik ishlab chiqarishi, me’morchilik, fan va san’atda chuqur iz qoldirgan bu shahar, aholi zich joylashgan vohaning markazi bo‘lib kelgan.

Samarqand - Samarqand viloyatining ma’muriy markazi. Hududi va aholi soni jihatidan Toshkentdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shahar mamlakatimiz markazi hisoblangan Zarafshon daryosi vodiysida, avtomobil va havo yo‘llari tugunida joylashgan . Samarqand - dunyoning qadimiy shaharlaridan biri. U 2 500 yildan ortiqroq yoshda. Qulay geografik sharoiti shaharni ko‘plab savdo yo‘llari kesishgan joyda aylantirgan. Bu yerdan Xitoydan Yevropaga turli sivilizatsiyaning fe’l-atvori va urf-odatlarini birlashtirgan joyning o‘ziga xos mahalliy madaniyatni yuzaga keltirgan mashhur Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan.