2019 YIL 19 Oktabr
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Asosiy vazifalar va funktsiyalar

UMUMIY QOIDALAR

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli «Ustav fondida davlat ulushi bo`lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta'minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat korxonalari to`g`risida Nizom» talablariga muvofiq «Kartografiya» davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining Ustaviga o`zgartirishlar kiritildi.

 «Kartografiya» davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli «O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi hamda O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi (bundan buyon «Yergeodezkadastr» davlat qo`mitasi) tarkibiga kiradi.

 Bundan buyon «Kartografiya» DIIChK deb atalmish «Kartografiya» davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi Muassis («Yergeodezkadastr» davlat qo`mitasi) tomonidan unga operativ boshqarish uchun topshirilgan davlat mulki bazasida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir.

                «Kartografiya» DIIChK o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Yergeodezkadastr» davlat qo`mitasining normativ hujjatlari, buyruqlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

 «Kartografiya» DIIChK xo`jalik yuritish huquqida alohida mol-mulkka ega va o`z majburiyatlari bo`yicha shu mol-mulk bilan javob beradi, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`lishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo`lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.

 «Kartografiya» DIIChK mustaqil balansga, joriy, hisob, shu jumladan valyutaviy raqamlariga, O`zbekiston Respublikasi gerbi tasvirlangan va o`zining firma nomi davlat tilida ko`rsatilgan muhrga, o`z nomi ko`rsatilgan shtamplar, blanklarga, tovar belgisiga (emblemasiga) hamda boshqa zaruriy rekvizitlarga ega.

«Kartografiya» DIIChKning o`rnashgan joyi: Toshkent shahri. Pochta manzili: Toshkent sh., Ziyolilar ko`ch., 6.

 
FAOLIYAT PREDMETI VA MAQSADLARI
 
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI