2019 YIL 16 Iyun
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Ishga qabul qilish tartibi va yaratiladigan sharoitlar

Nomzod to'g'risidagi ma'lumotlar belgilangan tartibda o'rganib chiqilgandan so'ng, qo'yiladigan talablarga javob beradigan nomzod qo'mitaga birlamchi suxbat uchun taklif qilinadi. "Kartografiya" ilmiy-ishlab chiqarish davlat korhonasi markaziy apparatining bo'limlari boshliqlari bilan bo'lgan suxbatdan muvaffaqiyat bilan o'tgan nomzod Bosh direktor bilan shaxsan suhbatdan o'tadi.

Tanlov va suhbatlardan muvaffaqiyat bilan o'tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ushbu haqda korhona bosh direktoring tegishli buyrug'i chiqadi. Nomzodning qo'yilgan talablarga munosibligi va malakasidan kelib chiqqan holda, Bosh direktor tomonidan 1 oylik yoki 3 oylik sinov muddati belgilanadi.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimni ijtimoiy muhofazasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinadi.

Bo'sh lavozimlar bo'yicha e'lonlar ushbu bo'limga joylashtiriladi.

Bo'sh joylar bo'yicha nomzodlar o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:

Elektron pochta manzili: info@kartografiya.uz, yoki pochta manzili: 100170, Toshkent sh., M-Ulug'bek, Ziyolilar ko'chasi 6-uy. 

Nomzodlarda o'zlari to'g'risida belgilangan shakldagi "Ob'ektivka" bo'lishi kerak. 

Ob'ektivka shaklini ko'chirib olish

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin: (+99871) 262-59-07

Faks: (+99871) 262-59-07