2019 YIL 16 Iyun
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
“KARTOGRAFIYA” ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORXONASI

  “KARTOGRAFIYA” ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORXONASI

Bosh direktor

Toshkent kartografiya fabrikasi 1934 yil 13 yanvarda tashkil topgan. 2005 yilda «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi deb qayta  nomlangan.

«Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasining asosiy faoliyat turi ochiq foydalanish uchun mo‘ljallangan kartografik mahsulotni tahririy loyihalash va nashr etishdan iborat. Korxona mahsuloti xalq xo‘jaligini boshqarishda, fan va texnikani, xo‘jaliklararo munosabatlarni rivojlantirishda, xalq ta’limini ko‘rgazmali va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash, turizmni, transportni rivojlantirishda, aholi madaniyatining umumiy darajasini ko‘tarishda yordam ko‘rsatadi.

«Kartografiya» IIChDK tashkil etilganidan buyon uning asosiy maqsadi mudofaa va O‘zbekiston xalq xo‘jaligini turli-tuman kartografik mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Avval kartalar qo‘l mehnati bilan yaratilib, kichik  adadlarda  chop etilgan.

Texnologiya va texnikaning takomillashuvi bilan kartalar sifati yaxshilanib, ularning ishlab chiqarilish muddatlari qisqardi. O‘tgan asrning 60-yillarida korxona binosi yangilanib, yangi asbob-uskunalar sotib olindi. Korxonaga, oliy va o‘rta texnik ma’lumotga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislari keldi. 1980-84 yillarda katta texnik yangilanish ishlari amalga oshirildi. Barcha nashr mashinalari zamonaviy mashinalarga almashtirildi. Mahsulotlar millionlab adadlarda chiqarildi va bu korxonaga, barcha O‘rta Osiyo regionini kartografik nashrlar bilan ta’minlash imkonini berdi. 1998 yil «Kartografiya» IIChDK «Merkator» elektron kartografik tizimini, «Makintosh» kompyuterlarini, shakl tayyorlash bo‘limi uchun, «Sack» firmasining katta  nusxa  ko‘chirish ramasini va  «Ravella» nusxani ko‘rsatuvchi asboblarini sotib oldi.

 «Kartografiya»  IIChDK 2003 yilda nashr jarayonini elektron nazorat qiluvchi 4-rangli katta  formatdagi  «KVA Rapida 105», 2011 yilda  «Rayobi 780 E» ofset mashinalariga ega bo‘ldi. Ushbu uskunalarning ishga tushirilishi bilan, poligrafik mahsulotlarning sifati sezilarli darajada o‘zgardi, korxona kartografik mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari oshdi, karta va atlaslarning ishlab chiqarilish muddatlari qisqardi, xalq ta’limini o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ldi.

«Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasining asosiy faoliyat turi, ochiq foydalanish uchun mo‘ljallangan kartografik mahsulotlarni tahririy loyihalash va nashr etishdan iborat. Korxona mahsulotlari xalq xo‘jaligini boshqarishda, fan va texnika, xo‘jaliklararo munosabatlarni rivojlantirishda, xalq ta’limini ko‘rgazmali va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlashda, turizmni, transportni rivojlantirishda, aholi madaniyatining umumiy darajasini ko‘tarishda yordam ko‘rsatadi. Zamonaviy darajada, 4-9 sinflar uchun geografik kartalar, 5-9 sinflar uchun tarix fanidan atlas va yozuvsiz kartalar nashrga tayyorlandi va nashr etildi. O‘zbekistonning siyosiy va ma’muriy, tabiiy, tematik, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy va iqtisodiy, dunyoning siyosiy va tematik, yarim sharlar kartasi, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy kartasi, tarixiy  devoriy kartalariga va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining siyosiy-ma’muriy yig‘ma kartalariga  talab oshdi. Vaqti-vaqti bilan shaharlar planlari nashr etiladi. «Dunyoning kichik atlasi», «O‘zbekiston Respublikasining tuproq atlasi», «O‘zbekistonning geografiya atlasi» nashr etildi.

2013-2014 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining o‘lkashunoslik atlaslari yaratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va temir yo‘llari kartalari yaratilmoqda.

Kartografiya mahsulotlaridan tashqari «Kartografiya» IIChD korxonasida katta miqdorda poligrafiya mahsulotlari: jurnallar, bukletlar, plakatlar, broshyuralar, kalendarlar, daftarlar, etiketkalar va boshqalar ishlab chiqariladi.

Mustaqil O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘sishi korxona tomonidan nashr etiladigan kartalar va atlaslarda o‘z aksini topmoqda, ular o‘zlarining ilmiy mazmuni va bo‘yoqli bezaklari borasida ko‘p tashkilotlar hamda aholi ichida katta hurmat qozondi.

Shuningdek, turli ta’lim bosqichlarining o‘quvchilari va talabalari ham kartalar iste’molchilari hisoblanadi. Korxona mahsuloti xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ko‘mak bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan o‘rnatilayotgan keng aloqalarni, shuningdek, aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini inobatga olib, korxonada turistik tematikaga oid kartalar va sxemalarni, shu jumladan, chet tillarda chiqarish ishlari faollashtirilmoqda.

2005 yil boshida «Kartografiya» IIChDKga viloyat kadastr xizmatlari uchun rejali-kartografik ishlar tuziladigan va nashr etiladigan «Agroxarita» kartografiya fabrikasi qo‘shildi. Bu birlashuv natijasida qishloq xo‘jaligi kartalarini ishlab chiqarish yangicha darajalarga ko‘tarildi: qo‘l mehnati kompyuter bilan almashgandan so‘ng kartalarning yaratilish muddati qisqardi, chiqarilayotgan tuman qishloq xo‘jaligi kartalarining sifati yaxshilandi. Hozirda geoaxborotlar tizimi (GAT)dan foydalangan holda ishlar olib borilmoqda. «Nashuates 582 AO» raqamli ko‘paytirish apparati yordamida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahri yer resurslari davlat kadastrlari bo‘yicha  boshqarmalarining buyurtmalari sifatli bajarilmoqda.

1934 yildan boshlab bugungi kungacha «Kartografiya»  IIChD korxonasi kartografik va  turli yo‘nalishdagi poligrafik mahsulotlar bozorida ishlab kelmoqda. Ko‘p yillar davomida ishlab chiqarish pog‘onalab rivojlanmoqda. Bugungi kunda korxona-O‘zbekiston Respublikasining yirik kartografik korxonasi hisoblanadi. Taklif etilayotgan mahsulotlar assortimenti va xodimlarning kvalifikatsiya darajalari zamonaviy kartografik va poligrafik ishlab chiqarishdagi turli-tuman masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi. Korxona  hozirda yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanmoqda. Elektron kartografiya va dizayn bo‘limi kartalar yaratishning zamonaviy uslublariga o‘tdi va kartografiyada geoaxborot tizimlarini o‘zlashtirdi.