2018 YIL 15 Dekabr
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Boshqaruv tarkibi

"KARTOGRAFIYA" ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi Bosh direktori

Ibragimov Orifjon Alimaxamatovich 

Manzil: Toshkent shahar, 100170, M.-Ulug'bek tumani, Ziyolilar kuchasi, 6

Telefon: (998 71) 262-59-07
Faks: (998 71) 262-57-31
E-mail: info@kartografiya.uz
Fuqarolarni qabul qilish kuni: har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha "Kartografiya" DIIChK binosida
 
Biografik ma'lumot

Ibragimov Orifjon Alimaxamatovich 1973 yilning 22 noyabrda  Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tug‘ilgan.

1980 yil 1991 yilda Niyozbosh qishlog‘idagi o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan.

1991 -1996 yillarda Toshkent Davlat Universitetida tahsil olgan. Mutahassisligi - muxandis-kartograf.

2007 yilda Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati institutida sirtdan o‘qigan. Mutaxassisligi – matbaatchilik.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi a'zosi.

Ish faoliyatini 1996 yilda Toshkent kartografiya fabrikasida muhandis-kartograf lavozimida boshlagan. Hozirda “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida bosh muhandis.

 

"KARTOGRAFIYA" ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi Bosh direktor o'rinbosari

Ibragimova Saniya Shamuratovna

Manzil: Toshkent shahar, 100170, M.-Ulug'bek tumani, Ziyolilar kuchasi, 6
Telefon: (998 71) 262-57-31
Факс: (998 71) 262-57-31
E-mail: info@kartografiya.uz
Fuqarolarni qabul qilish kuni: har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha "Kartografiya" DIIChK binosida
 
Biografik ma'lumot
 

Ibragimova Saniya Shamuratovna 1949 yil 24 sentyabr Toshkent viloyatining Angren shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati - o‘zbek.

1956 – 1966 yillari Angren shahridagi 1-sonli o‘rta maktabda o‘qigan. 1966 – 1972 yillarda Toshkent Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetida o‘qigan, mutaxassisligi to‘quv materiallari injener texnologi. 1972 – 1976 yillarda Toshkent viloyatining Angren shahridagi qurilish materiallari kombinatiga mehnat va meyorlash bo‘yicha muhandis lavozimida ishladi. 1976 – 1980 yillari Angren shahar komsomol komitetining tashkillashtirish bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi. 1980 – 1989 yillari Angren qurilish materiallari texnikumida kimyo fani o‘qituvchisi, tarbiya ishlari bo‘yicha mudir. 1989 – 1990 yillari 4 – sonli KHBYU da kimyo fani o‘qituvchisi.

1990 – 1993 yillari Angren shahrida BTI boshlig‘i bo‘lib ishladi.

1993 yil Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumiga direktor bo‘lib tayinlandi. 1994 yil Toshkent kartografiya fabrikasi direktor lavozimiga tayinlandi. Hozirda “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining bosh direktori.

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi a’zosi. 2005 yilda “Shuxrat” medali bilan mukofotlangan.