2018 YIL 21 Oktabr
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Qo'mitaning 2016 yil 1 yarm yillik yakunlariga bag'ishlangan kollegiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
2016-09-25 03:15:49

Qo'mitaning 2016 yil 1 yarm yillik yakunlariga bag'ishlangan kollegiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Vazirlar Mahkamasida 2016 yil 15 iyul kuni “Joriy yilning 1 yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari”ga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda, joriy yilning 1 yarim yilligida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmlari 6,8 foizga o'sganligi, xorijiy investitsiyalar hajmlari 11,8 foizga o'sganligi hamda umumiy qiymati 3,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 72 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha ishlar boshlanganligi ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab olindi. Har bir vazirlik idoralar va hududlarni rivojlantirish bo'yicha berilgan aniq chora-tadbirlardan kelib chiqib joriy yilning 1 yarim yilligi davomida qo'mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kelgusida bajariladigan vazifalar kelishib olindi. Jumaldan: 2016 yil 1-yarim yilligida qo'mita tizimidagi tashkilotlar va xududiy boshqarmalar tomondan 8,622 mlrd. so'm davlat byudjet mablag'lari o'zlashtirildi. Xo'jalik hisobidagi “Yer tuzish va ko'chmas mulk kadastr” davlat korxonalari tomonidan xisobot davrida ko'rsatilgan xizmatlar miqdori 47,797 mlrd. so'mni tashkil qilib, bu ko'rsatkich 2015 yilda esa 42,057 mlrd. so'mni tashkil etgan o'sish darajasi o'tgan yilning 1 yarim yilligiga nisbatan 114 % ni tashkil qiladi.