2018 YIL 15 Dekabr
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Qo‘mita raisining axboroti eshitildi
2016-11-17 12:20:19

Geodeziya xizmatlari va kartografiya mahsulotlariga oshgan talab 

Mamlakatimizda sanoat, transport, qurilish, energetika, turizm kabi sohalarning jadal rivojlanishi geodeziya xizmatlari va kartografiya mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar, Prezidentimiz farmonlari, hukumat qarorlari hamda qonunosti hujjatlari geodeziya va kartografiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun huquqiy baza bo‘lib xizmat qilmoqda.

– Mamlakatimiz hududlarining mukammal xaritalarini grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda yaratish, yangilab turish va nashr qilish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda, – deydi “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Saidqul Arabov. – Bu iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalari talabidan kelib chiqib, yerdan foydalanuvchilar, hududlarni xaritaga tushirish, shaharsozlik, mudofaa, geologiya konlari monitoringini amalga oshirishda qo‘l kelmoqda. Umumiy geografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-axborot beradigan va boshqa tarmoqlararo ahamiyatga molik mavzuli xarita va atlaslar, o‘quv kartografiya qo‘llanmalari tayyorlanib, nashr etilmoqda.

Hozir ta’lim muassasalari uchun atlas va kontur xaritalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarning umumiy geografik va siyosiy-ma’muriy xaritalari yaratildi. Yurtimizning diqqatga sazovor joylari, yodgorliklar va boshqa obyektlar tasvirlangan turistik xaritalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilmoqda. Mustaqilligimizning 25-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining geografik atlasi” yangi tahrirda nashr etildi.