2019 YIL 19 Noyabr
 
 
 
KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORHONASI
Sayt bo´yicha qidirish
 
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019-11-07 12:00:00

Joriy yilning 6-noyabr kuni Davyergeodezkadastr qo'mitasida qo‘mita raisi o‘rinbosari Sh.Habibullayev boshchiligida Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti MIIGAiK vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida mehmonlar Davyergeodezkadastr qo’mitasi faoliyati, hozirgi kunda mamlakatimizda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan turib zondlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. MIIGAiK MDH davlatlarida geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida o'qitish bo'yicha yetakchi tashkiloti, shuningdek, Roskosmos kosmik tadqiqotlar va o'quv innovatsiyalar konsorsiumining a'zosi hisoblanadi.

ygk.uz