«KARTOGRAFIYA» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi direktori
image description
Ibragimov Orifjon Alimaxamatovich
Manzil: Toshkent shahar, 100170, M.-Ulug’bek tumani, Ziyolilar kuchasi, 6
Telefon: +998(71) 262-59-07
Faks: +998(71) 262-57-31
E-mail: info@kartografiya.uz
Fuqarolarni qabul qilish kuni: har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha «Kartografiya» DIIChK binosida
Ibragimov Orifjon Alimaxamatovich 1973 yilning 22 noyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tug‘ilgan.
1980 yil 1991 yilda Niyozbosh qishlog‘idagi o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan.
1991 -1996 yillarda Toshkent Davlat Universitetida tahsil olgan. Mutahassisligi – muxandis-kartograf.
2007 yilda Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati institutida sirtdan o‘qigan. Mutaxassisligi – matbaatchilik. O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi a’zosi. Ish faoliyatini 1996 yilda Toshkent kartografiya fabrikasida muhandis-kartograf lavozimida boshlagan.
«KARTOGRAFIYA» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi direktori o’rinbosari
Ibragimova Saniya Shamuratovna
Manzil: Toshkent shahar, 100170, M.-Ulug’bek tumani, Ziyolilar kuchasi, 6
Telefon: +998(71) 262-57-31
Faks: +998(71) 262-57-31
E-mail: info@kartografiya.uz
Fuqarolarni qabul qilish kuni: har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha «Kartografiya» DIIChK binosida
Ibragimova Saniya Shamuratovna 1949 yil 24 sentyabr Toshkent viloyatining Angren shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati – o‘zbek.
1956 – 1966 yillari Angren shahridagi 1-sonli o‘rta maktabda o‘qigan. 1966 – 1972 yillarda Toshkent Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetida o‘qigan, mutaxassisligi to‘quv materiallari injener texnologi. 1972 – 1976 yillarda Toshkent viloyatining Angren shahridagi qurilish materiallari kombinatiga mehnat va meyorlash bo‘yicha muhandis lavozimida ishladi. 1976 – 1980 yillari Angren shahar komsomol komitetining tashkillashtirish bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi. 1980 – 1989 yillari Angren qurilish materiallari texnikumida kimyo fani o‘qituvchisi, tarbiya ishlari bo‘yicha mudir. 1989 – 1990 yillari 4 – sonli KHBYU da kimyo fani o‘qituvchisi.
1990 – 1993 yillari Angren shahrida BTI boshlig‘i bo‘lib ishladi.
1993 yil Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumiga direktor bo‘lib tayinlandi. 1994 yil Toshkent kartografiya fabrikasi direktor lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi a’zosi. 2005 yilda “Shuxrat” medali bilan mukofotlangan.